Sizga hamrohmiz
Yoningizda maslahat berguvçi inson bölsa...
Xorijdan iş izlaş uzoq vaqt talab qiladigan jarayon. Mos vakansiyalarni izlaş, maktab talablarini tekşiriş, hujjatlarni tayyorlaş, anketalar töldiriş, suhbatlarga tayyorlaniş oson narsa emas. Har bir bosqiçda har xil savollar paydo böladi.
Şu jarayonlarning hammasini tuşunadigan, bu yölda tajribaga ega bölgan hamrohingiz bölişini istarmidingiz?
Biz bu yölni siz bilan birga bosib ötişimiz mumkin.
Bu yöldagi bosqiçlar
Hamrohlik nima?
Hamrohlik jarayoni dastlabki strategiyadan to intervyugaça bölgan yölni öz içiga oladi. Har bosqiçda biz siz bilan ayni paytda muhim bölgan masalalar ustida işlaymiz.
01 / 04
Hamrohlik nimadan boşlanadi?
Rezyume yuborişdan oldin siz xohlayotgan iş örni sizning profilingizga qançalik mosligini tuşuniş muhim.
Tajribangiz, ta’limingiz, malakangiz va maqsadlaringizni tahlil qilamiz. Körib çiqişga arziydigan mamlakat va maktablarni muhokama qilib, izlaniş strategiyasini belgilaymiz.
Şu tariqa tasodifiy arizalar örniga aniq reja paydo böladi:
qayerga → qaçon → qaysi lavozimlarga → qanday hujjatlar bilan ariza beriş
oydinlaşadi.
Maktab taklifi
Maktabdan taklif kelgaç nimalar qilinişi kerak?
Iş taklifini oliş, hali işga joylaşdi, degan gap emas.
Avvalo butun paketni diqqat bilan örganiş, mabodo birdaniga bir neçta taklif kelgan bölsa, şoşmasdan ularni bir-biriga qiyoslab körib çiqiş kerak. Taklifnomada quyidagi bandlarga e’tibor bering:
- Maoş
- uy-joy
- Aviaçiptalar
- farzandlar ta’limi
- viza yordami
- sinov muddati
- şartnoma muddati
- tibbiy suğurta
- va boşqalar
Taklifnomani tahlil qilişga, va qaror qabul qilişdan oldin aniqlaştiriş lozim bölgan savollarni tayyorlaşga yordam beramiz.
Xizmatimiz nimalarni öz içiga olmaydi?
Biz sizga iş topib berişni yoki maktablardan kontrakt olib berişni va’da qilmaymiz. Hujjat tayyorlaşda va intervyulardan ötişda şaxsan özingiz iştirok etişingiz lozim.
Işga oliş qarorini har doim maktab qabul qiladi.
Xizmatimiz nimalarni öz içiga oladi?
Biz sizga butun jarayon mobaynida strategiya tuzişda, professional fikr-mulohaza yuritişda, qarorlarni muhokama qilişda yordam beramiz.
Bu işda biz boşidan to oxirigaça yoningizda bölamiz
Taklifdan söng
Yangi işga tayyorgarlik
bosqiçlari
Taklif qabul qilingaç, navbatdagi bosqiçga ötamiz.
Viza va rasmiy hujjatlar odatda maktab tomonidan rasmiylaştiriladi. Lekin nomzod (ya’ni siz) aytilgan hujjatlarni vaqtida taqdim etişi kerak.
Biz sizga jarayonlardan adaşmay ötişga, har bir bosqiçda nima bölayotganini tuşunişga yordam beramiz.
Hujjatlar
Maktabga kerakli hujjatlarni birga tayyorlaymiz.
Iş vizasi
Viza rasmiylaştirişda kerakli maslahatlarni beramiz.
Köçişga tayyorgarlik
Jarayon davomida bölişi mumkin bölgan muammolarni muhokama qilamiz.
Maktab bilan muloqot
Talablar, muddatlar va keyingi qadamlarni aniqlaştirişga yordam beramiz.

