Xorijdagi imkoniyatlar
Jahon maktablari
malakali ustozlarni
kutmoqda!
Siz çet el maktablarida işlaşni xohlarmidingiz?. Biz sizga bu yölda kerakli bölgan barça yordamni bera olamiz.
Biz haqimizda
Orzuingizni aniq yöl xaritasiga aylantiramiz
Xalqaro karyera yuzlab rezyumelar yuborişdan emas, balki öz imkoniyatlaringizni tuşunişdan boşlanadi. Biz sizga boşlanğiç nuqtalarni belgilaş, qaysi yönalişda harakat qiliş va xalqaro iş taklifini qölga kiritişda yordam beramiz.
- Sizdek mutaxassislarga qaysi davlat maktablarida ehtiyoj borligini aniqlaymiz
- Salohiyatingizni töliq namoyiş etiş va iş taklifini qölga kiritiş imkoniyatlarini örganamiz
- Dastlabki qadamdan to çet elda işga joylaşgunça yoningizda hamroh bölamiz
Har bir öqituvçining öz yöli bor. Bizning vazifamiz — sizga öz yölingizni topişda yordam beriş.
Dunyodagi yetakçi xalqaro maktablarga misollar
Raqamlarga yuzlansak
$4,000 oylik — daromadingizning
faqat bir qismi xolos
Xalqaro maktablar oylikdan taşqari qator qöşimça imtiyozlarni taklif etadi.
Maoş
Oyiga $4,000
Maoş miqdori ta’lim darajangiz, malakangiz va iş stajingizga qarab, $2000 dan $10000 gaça bölişi mumkin.
Turar joy
Oyiga $800–1,700
Maktab sizga turar joy berişi yoki ijara uçun oylik kompensatsiya tölaşi mumkin.
Viza
Hujjatlar tayyorlaş
Çet el maktablari iş vizasini özlari rasmiylaştiradi, tegişli xarajatlarni qoplaydi.
Suğurta
Tibbiy suğurta
Xalqaro maktablar öqituvçilar va ularning oila a’zolarini tibbiy suğurta bilan ta’minlaydi.
Transport
Yöl xarajatlari
Maktablar odatda siz va oila a’zolaringizning yöl xarajatlarini — avia hamda boşqa transport çiptalarini qoplaydi.
Köçiş
Köçib ötişda yordam
Sizning yangi yurtga köçiş va joylaşiş xarajatlaringiz ham maktab tomonidan qoplanadi.
Rivojlaniş
Malakangizni oşiring
Köplab maktablar xodimlar uçun kurslar, treninglar, konferensiyalar va malaka oşiriş dasturlarini moliyalaştiradi.
Farzandlar ta’limi
Narxning 100% gaça
Farzandlaringiz siz işlayotgan maktabda bepul yoki katta çegirma bilan öqiş imkoniyatiga ega.
Şaxsiy murojaat
Mening tajribam sizning orzularingiz uçun qanot
Xorijda iş izlaşni boşlagan paytim hali hali esimda: qayerdan iş qidiriş, qaysi maktablarga murojaat qiliş va qanday hujjatlar kerakligini bilmas edim. Savollar köp, lekin maslahat beradigan odam yöq edi.
Bugun oddiydek tuyuladigan uşbu savollarga men öşa paytda javob izlab beş yil vaqt sarfladim. Topgan ma’lumotlarim ham köpinça asosiy savollarga javob bermas edi.
Natijada men bu yölni mustaqil bosib ötdim, xatolar qildim va köp narsani tajriba orqali örganişga majbur böldim. Asosiysi, töğri ma’lumot va aniq rejaning qançalik muhim ekanligini tuşundim.
Şu sababdan TeacherNavigator loyihasini yaratişga qaror qildim. Yillar davomida izlanib, xatolarimdan örganib töplagan bilim va tajribamni men mana şu yerda sizlar bilan bölişmoqçiman. Uşbu loyiha orqali siz men boşdan keçirgan qiyinçiliklarga duç kelmaysiz va bu yölda ortiqça vaqtingizni zoye ketkazmaysiz.
Xorijda öqituvçi bölib işlaş — siz öylagandan ham osonroq va amalga oşiriş mumkin bölgan orzu. Sizning birinçi qadamingiz balki şu yerdan boşlanar.
Asosçi
TeacherNavigator
har bir bosqiçda siz bilan birga
- xalqaro maktablar
- 15 000+
- dolzarb vakansiyalar
- 5 000+
- iş izlaş uçun mamlakatlar
- 100+
- har yili yangi lavozimlar
- 25 000+
Xizmatlarimiz nimalardan iborat?
Iş izlaşdan iş
taklifigaça
Aynan siz uçun mos bölgan vakansiyalarni qayerdan topiş mumkin? Çet el maktablari uçun qanday hujjatlar talab etiladi? Intervyu jarayonlari qanday keçadi? Işga taklif qilişsa, keyingi bosqiçlar nimalardan iborat? Ana şu savollarning hammasini biz siz bilan birga muhokama qilamiz.
- Xorijdan iş izlaşXalqaro maktab vakansiyalarini qayerdan va qanday izlaş kerak?
- CV va portfolioTajribangizni xalqaro maktablarga professional tarzda taqdim eting.
- Intervyuga tayyorgarlik körişSuhbatdan oldin berilişi mumkin bölgan savollarga tayyorlaning.
- Sizga hamrohmizDastlabki izlanişdan boşlab to işga joylaşguningizgaça yordam beramiz.
Tariflar
Siz qaysi paketni
tanlagan bölardingiz?
Quyida START, PRO va VIP paketlari taqdim etilgan. Ulardan qaysi biri siz uçun ma’qul?
- Paket START
Xatolarga yöl qöymang
Aniq reja bilan iş boşlang. Yöl qöyiş mumkin bölgan xatolardan ogoh böling.
Uşbu dasturga quyidagilar kiradi:
- Tajribangizni baholaymiz, kuçli tomonlaringizni aniqlaymiz
- Iş haqidagi muhim savollarni muhokama qilamiz
- Iş izlaş böyiça individual yöl xaritasini tuzamiz
7 kun davomida savollaringizga javob beramiz.
- Paket PRO
Imkoniyatlaringizni oşiring
Iş izlaş uçun qanday tayyorgarlik köriladi: CV, portfolio, LinkedIn va hokazo.
START dagi barça xizmatlar va:
- Professional CV tayyorlaymiz, cover letter va LinkedIn böyiça tavsiyalar beramiz
- Portfolio yaratiş, vakansiya tanlaş va ariza topşirişda kömaklaşamiz
- Iş suhbatlariga tayyorlaymiz va sinov suhbati ötkazamiz
30 kun davomida savollaringizga javob beramiz.
- Paket VIP
Izlanişdan işga kirgunça...
Ilk rejadan to işga joylaşgunça siz bilan birga bölamiz.
START va PRO dagi barça xizmatlar va qöşimça ravişda:
- Aynan siz uçun maxsus yöl xaritasini işlab çiqamiz
- Iş izlaşning har bir bosqiçida yoningizda bölamiz
- Xalqaro maktablar oldida özingizni işonçli taqdim etişga tayyorlaymiz
- Çet elga borib joylaşguningizgaça sizga hamroh bölamiz
Bilib qöygan yaxşi
Köp beriladigan
savollar
Çet eldan iş izlaş, xorijdagi maktablarga qanday tayyorgarlik köriş haqidagi savollarga javoblar.
Men şu paytgaça xalqaro maktablarda işlamaganman...
Heç qisi yöq. Xorijda işlaş tajribasi bölişi şart emas. Ta’limingiz, pedagogika sohasidagi tajribangiz, qaysi fandan dars berişingiz, ingliz tilini qay darajada bilişingiz muhimroq. Biz sizga profilingizni baholaş va nimadan boşlaş kerakligini aniqlaşda yordam beramiz.
Pedagogik ma’lumot bölişi şartmi?
Şart. Istasangiz biz sizning profilingizni körib çiqib, sizga mos yönalişlarni aniqlaşga yordam beramiz.
Men ingliz tilini qay darajada bilişim zarur?
Darajangiz suhbatlardan ötiş va ingliz tilidagi muhitda işlaş uçun yetarli bölişi kerak. Talablar lavozim va maktablarga qarab farq qiladi. IELTS yoki boşqa xalqaro sertifikatlar har doim ham talab etilmaydi.
Qaysi mamlakatlarda işlaşim mumkin?
Xalqaro maktablar butun dunyo böylab — Osiyo, Yaqin Şarq, Yevropa va boşqa hududlarda faoliyat yuritmoqda. Sizning malakangizga, tajribangiz, faningiz va oilaviy holatingizga qaysi mintaqa mos kelişini aniqlaşda biz sizga yordam berişimiz mumkin.
Xalqaro maktablarda maoş qança?
Maoş mamlakat, maktab, nomzodning malakasi va tajribasiga qarab belgilanadi. Şartnomaga maoşdan taşqari uy-joy bilan ta’minlaş, aviaçiptalar, tibbiy suğurta, farzandlar ta’limi va boşqa imtiyozlar kirişi mumkin.
Iş vizasi va hujjatlarni kim rasmiylaştiradi?
Xalqaro maktablar odatda iş vizasi va zarur hujjatlarni özlari rasmiylaştiradi va bu bilan boğliq bölgan qöşimça xarajatlarni töliq yoki qisman qoplaydi.
Oila bilan birga köçib borişim mumkinmi?
Ha, köplab xalqaro maktablar pedagoglarni turmuş örtoği va farzandlari bilan birga qabul qiladi. Şartnomaga oilaviy tibbiy suğurta, aviaçiptalar, viza yordami va farzandlaringiz uçun bepul yoki imtiyozli ta’lim kiritilişi mumkin.
Iş izlaşni qaçon boşlaşim kerak?
Xalqaro maktablar odatda iş vakansiyalarini bir yil oldin e’lon qiladi. Lekin iş örinlari yil davomida ham e’lon qilinib boriladi. CV, hujjatlar va izlaniş strategiyasini qança erta boşlasangiz, şunça köp imkoniyatga ega bölasiz.
Işga kirişni kafolatlaysizmi?
Yöq. Bu qaror hamişa maktab tomonidan qabul qilinadi. Bizning vazifamiz — sizga mos imkoniyatlarni aniqlaş, tajribangizni yuqori saviyada taqdim etiş, sizni saralaş jarayoniga tayyorlaş va iş izlaşdagi odatiy xatolardan saqlaşdir.
Nimadan boşlaş kerak?
Avvalo quyidagi anketani töldiring. Anketa javoblarini örganib çiqib, biz sizga navbatdagi vazifalarni tuşuntiramiz.
Anketa savollariSavollaringizga javob topdingizmi? Topmagan bölsangiz, bizga murojaat qiling.
