Xorijdan iş izlaş
Xalqaro maktablar iş örinlarini qayerda e’lon qiladilar?
Xalqaro maktablardan iş izlaş odatiy vakansiyalardan farq qiladi. Xalqaro maktablar öqituvçilarni butun dunyodan qabul qiladi. Ular bu haqdagi e’lonlarni öz saytlariga hamda ba’zi maxsus xalqaro platformalarga joylaydilar.
Ariza berişdan oldin vakansiyaning sizga qançalik töğri keliş-kelmasligiga e’tibor bering: fan, tajriba va malakaga bölgan talablarning öz salohiyatingizga qançalik mosligini aniqlang. Şunda arizangiz iş beruvçilarning diqqatini öziga jalb qiladi.
Muhimi — iş örinlarini qayerdan izlaşni, birinçi navbatda nimalar qilişni va qaysi lavozimlarga ariza berişni tuşunişdir.
Manbalar
Vakansiyalarni qayerdan izlaş kerak?
Xalqaro maktab vakansiyalarini maktablarning öz saytlarida, yoki maxsus platformalarda va yoki ta’lim tarmoqlarida topiş mumkin. Izlanişda bir emas, bir neçta manbaga murojaat qilsangiz közlagan vakansiyangizni topiş ehtimoli oşadi.
Xalqaro maktablarning saytlari
Aksariyat maktab saytlarida lavozimlar “Careers”, “Vacancies”, “Join Us” kabi bölimlarda e’lon qilinadi. Ularni muntazam ravişda tekşirib turiş maqsadga muvofiq.
Maxsus platformalar
Xalqaro iş örinlari e’lon qilinadigan maxsus saytlar ham bor. U yerda lavozimlarni fan, mamlakat, dastur va iş boşlaniş sanasi böyiça saralaş mumkin.
Xalqaro maktablar tarmoqlari
Yirik ta’lim guruhlari turli mamlakatlarda önlab maktablarni boşqaradi. Ularning veb-sahifalarida bir neçta hudud uçun berilgan vakansiyalarni topiş mumkin.
Izlanişni qaçon boşlaş kerak?
Iş izlaş uçun eng yaxşi vaqt
Xalqaro maktablarda vakansiyalar yil davomida e’lon qilib boriladi, ammo işga qabul qiliş vaqti mavsumga qarab özgaradi. Maktablar qaçon nomzod izlaşni boşlaşi va imkoniyatlar qaçon köpayişini tuşuniş — muhim omillardan biridir.
- Avgust – Oktyabr
Bu davr — maktablar kadr izlaşni boşlaydigan va nomzodlarni baholaydigan mavsum.
- Noyabr – Yanvar
Kelasi öquv yili uçun işga qabul qiladigan asosiy davr — noyabr, dekabr va yanvar oylaridir.
- Fevral – Aprel
Qöşimça vakansiyalar va yangi lavozimlar odatda mana şu oylarda ovoza etiladi.
- May – Iyul
Maydan iyulgaça bölgan davrda kutilmagan e’lonlar va şoşilinç özgarişlar yuz berişi mumkin.
Foydali resurslar
Vakansiya izlaş uçun
foydali platformalar
Xalqaro maktablar vakansiya e’lon qiladigan bir neçta veb-platformalar bor. Tajribangizga, faningizga va tanlagan mamlakatingizga mos lavozimlarni izlaşda ulardan foydalaning.
Maslahat: quyidagi platformalarda özingiz uçun profil oçing. Yangi vakansiyalar e’lon qilinganda sizga bu haqda xabar kelişini sozlang — şunda yuzaga kelgan imkoniyatlarni qöldan boy bermaysiz.
- Teacher HorizonsButun dunyo maktablaridagi vakansiyalar


Pedagoglar uçun eng yirik platformalardan biri

Vakansiyalar va iş uçun arizalar makoni

Tajribali pedagoglar uçun platforma
Vakansiyalar, yarmarkalar va resurslar
- Va boşqalarAlohida ta’lim guruhlari va maktab tarmoqlari platformalarini ham tekşirib turiş esdan çiqmasin.
Dastlabki qadamlar
Nimadan boşlaş kerak?
Xorijdan iş izlar ekansiz, hamma joyga ariza yuborgandan köra, aniq bir reja tuzib, reja asosida harakat qilgan yaxşiroq. Avval faningizga mos keladigan mamlakatlarni aniqlang, hujjatlaringizni tartibga keltiring, söngra vakansiya manbalaridan foydalaning.
Quyidagi beşta bosqiçga e’tibor bering. Ularni tahlil qilsangiz nimalarni izlaş va qayerlarga ariza yuboriş kerakligini yaxşiroq anglaysiz. Şu tariqa iş topiş imkoniyatingiz oşadi.
- 1
Xalqaro maydonda qaysi fanlar böyiça işlay olasiz, şuni aniqlang.
Qaysi lavozimlarga ariza berasiz?
- 2
Qaysi davlatlar yoki mintaqalar siz uçun mos?
Maqsadingiz, tajribangiz va xohiş-istaklaringizni hisobga oling.
- 3
CV va boşqa zarur hujjatlarni tayyorlang.
Ularning xalqaro maktablar talabiga qançalik mos kelişini tekşiring.
- 4
Mos maktab va platformalarni toping.
Asosiy manbalardan foydalaning, xabarnomalarni sozlang.
- 5
Yangi vakansiyalarni muntazam ravişda kuzatib boring.
Yangi lavozimlar e’lon qilinar ekan, imkoniyatlarni qöldan boy bermay, vaqtida ariza yuboring.
Xorijdan qaysi vakansiyalarni izlaş kerak?
Vakansiyalarni sözma-söz tarjima böyiça izlasangiz, mos lavozimlarni ötkazib yuborişingiz mumkin. Xalqaro maktablardagi fan nomlari özbekça atamalarga har doim ham mos kelmaydi. Masalan:
- InformatikaComputer Science / ICT
- Tasviriy san’at / rasmArt(s)
- tarix + geografiyaHumanities Teacher
- qöşimça til sifatida ingliz tiliEAL / ESL
Hamma joyga bir xil rezyume jönatavermang
Xorijdagi iş beruvçilar özlari qöygan talablarga javob beradigan arizalarni afzal köradi. Arizangizda ayni maktabni, undagi qadriyatlarni va vakansiya talablarini tuşunişingizni namoyiş eting.
Yodingizda bölsin: bir xil yozilgan 50 ta arizadan köra maxsus tayyorlangan 5 ta ariza yaxşiroq. Maqsadingiz — yuzma-yuz suhbatga taklif oliş. Bu uçun yozgan arizangiz sifatli bölişi kerak.
Bitta aniq ariza önta umumiy arizadan yaxşiroq.
Ariza yuborişdan oldin quyidagilarni tekşiring
Malakangiz maktab qöygan talablarga mosmi?
Ba’zi vakansiyalar böyiça siz avval ham ingliz tilidagi muhitda yoki xalqaro maktabda işlagan bölişingiz kerak.
Viza uçun alohida talablar qöyilmaganmi?
Ariza topşiriş muddati qaçongaça?
Işga qabul qiliş jarayoni qanday keçadi?
Beş daqiqalik tekşiruv haftalab kutişdan sizni saqlaydi.

