CV va portfolio

Tajribangizni xalqaro maktabga qanday taqdim etasiz?

Siz balki kuçli mutaxassisdirsiz, ammo CV'ingiz buni körsata olmasa, iş beruvçi uni qayerdan bilişi mumkin?

Siz bilan uçraşişdan avval, CV'ingiz siz haqingizda sözlaydi. U şunçaki iş tajribangizni emas, yutuqlaringiz, kasbiy salohiyatingiz va maktabga qanday hissa qöşa olişingizni körsatişi kerak.

Töğri, hatto kuçli CV ham işga qabul qilinişni kafolatlamaydi, ammo suhbatga taklif etiliş imkoniyatingizni oşiradi.

Qimmatli tajribangizni munosib tarzda namoyiş eting.

CV tarkibi

CV da nimalar bölişi kerak?

Xalqaro miqyosda iş izlayotgan bölsangiz, CV ni ingliz tilida va mantiqan tuşunarli körinişda taqdim etiş kerak. Odatda CV tarkibiga quyidagilar kiradi:

01

Kontakt uçun ma’lumotlar

Ism şarifingiz, yaşaş joyingiz, elektron poçta, telefon va malakangizni aks ettiruvçi havolalar.

02

Ta’lim va malaka

Ma’lumot, pedagogik malaka, litsenziyalar va kasbiy sertifikatlar.

03

Iş tajribasi

Qaysi maktablarda işlagansiz, lavozimlar, fanlar, öquvçilar yoşi, öquv dasturlari va sizga berilgan asosiy mas’uliyatlar.

04

Kasbiy yutuqlar

Iş beruvçi uçun sizning kim bölib işlaganingizdan taşqari, siz erişgan natijalar ham muhim: qanday loyihalar qilgansiz, tadbirlar, imtihonlar va konkurslar ötkazgansiz, dasturlar tayyorlagansiz, yoki guruhlarga yetakçilik qilgansiz...

05

Qöşimça yutuqlar

Maktab uçun foydali bölgan qöşimça ma’lumotlar: tillar, texnologiyalar, darsdan taşqari faoliyat va siz qila oladigan boşqa hunarlar.

Tajribani qanday ta’riflaş kerak?

CV — tarjimai hol emas

Har bir lavozimni batafsil tasvirlaş va yoki oddiy öqituvçi bajaradigan barça vazifalarni sanab ötiş şart emas.

E’tibor bering:

«Dars ötdim, rejalar tuzdim, daftarlarni tekşirdim, öquvçilarni baholadim va ota-onalar bilan muloqot qildim...» kabi gaplar — umumiy gaplar.

  • Dars berdim
  • Rejalaştirdim
  • Baholadim
  • Tekşirdim
  • Muloqot qildim

Umumiy gaplar

Undan köra tajribalaringizni va qanday işlar uçun javobgar bölganingizni körsating:

«7-sinf öquvçilari uçun yangi dastur işlab çiqdim, maktab ansamblini boşqardim va öquvçilarni olimpiadaga tayyorladim...»

  • Işlab çiqdim
  • Boşqardim
  • Tayyorladim
  • Taşkil etdim
  • Mukammallaştirdim

Aniq va işonçli

CV sizning faqat qayerda işlaganingizni emas, balki qanday yutuqlarga erişganingizni ham namoyiş etişi kerak.

Portfolio

Teacher Portfolio: nima u?

Portfolio — sizning CV ingizni töldiradigan, qilgan işlaringizni tasdiqlaydigan hujjat. Agar erişgan yutuqlaringizni aytibgina qolmay, körsatişni ham istasangiz, portfolioga alohida e’tibor bering. Unga quyidagilarni kiritiş mumkin:

  • Öquv loyihalari namunalari

    Loyihaning maqsadi va natijasining qisqa tavsifi — fotolar yoki öquvçilar qilgan işlar bilan namoyiş etiladi. Bu yerda siz bajargan vazifalar va öquvçilarning erişgan yutuqlari körsatilişi kerak.

  • Tadbirlardan surat va materiallar

    Siz taşkil etgan yoki qatnaşgan konsert, körgazma, tanlov va bayramlar. Bir neçta foto va qöşgan hissangiz haqida ikki oğiz izoh yozing.

  • Rejalaştiriş namunalari

    Ta’limni qanday tuzişingizni körsatadigan dars rejasi. Unda maqsadlar, differensial yondaşuv va baholaş usullarini namoyiş etsangiz yaxşi böladi.

  • Öquvçilarning yutuqlari

    Imtihon natijalari, tanlovlarda qölga kiritilgan ğalabalar va öquvçilar erişgan yutuqlar. Raqamlar va aniq misollar umumiy sözlardan işonçliroq.

  • Sertifikatlar va malaka oşiriş

    Malaka oşiriş kurslari, trening va sertifikatlar. Xalqaro maktab uçun eng keraklilarini tanlang.

  • Extracurricular activities

    Bunga tögaraklar, sport seksiyalari va darsdan taşqari bölgan boşqa maşğulotlar kiradi. Siz ham bunday maşğulotlar ötkaza olasizmi? Qanday tögaraklarni olib bora olasiz? Bu haqda öylab köring.

  • Siz boşqargan loyihalar

    Hamkasblar yoki öquvçilar guruhini boşqarganmisiz? Birorta ğoyadan to natijagaça bosib ötgan yöl haqida hikoya qiling. Bu sizda yetakçilik qobiliyati borligini, işni oxirigaça yetkazişingizni körsatadi.

  • Özingiz yaratgan öquv materiallari namunalari

    Özingiz işlab çiqqan iş varaqlari, taqdimot va qöllanmalar sizning darsga bölgan munosabatingizni har qanday ta’rifdan köra yaxşiroq namoyiş etadi.

CV ni yuborişdan oldin tekşiring

  1. Qanday mutaxassis ekaningiz bir qaraşdan tuşunarlimi?
  2. Ta’limingiz va malakangiz körinarli joydami?
  3. Faqat lavozim emas, yutuqlaringiz ham aytilganmi?
  4. Oxirgi iş joylaringiz aniq körsatilganmi?
  5. Keraksiz ma’lumotlar yo imlo xatolari yöqmi?
  6. CV siz möljallagan vakansiyaga mosmi?
  7. Kontakt ma’lumotlaringiz töğrimi?

Eng muhimi — son emas, sifat

Portfoliongiz katta körinişi uçun önlab sahifa hujjat va suratlar qöymang.

Maktab vakillarining ariza köriş vaqti çegaralangan. Ba’zida bir öringa yuzdan ortiq arizalar kelib tuşişi mumkin. Ortiqça materiallar ularni çarçatadi va portfoliongizga bölgan qiziqişini söndirişi mumkin.

Har bir material örinli va mazmunli bölib, sizning qanday mutaxassis ekanligingizni yaqqol körsata olişi kerak.