Intervyuga tayyorgarlik köriş

Suhbatda sizni nimalar kutmoqda?

Xalqaro maktabdagi intervyular faqat sizning bilimingizni va yoki tajribangizni tekşiradi, deyiş notöğri. Bu suhbatlarda insoniy qadriyatlaringiz ham baholanadi.

Insoniylik, qalban oçiq böliş, ijodiy yondaşuv ana şu qadriyatlarga misol böla oladi.

Muvaffaqiyatli suhbat — har doim muloqot, imtihon emas.

Intervyu mavzulari

Nimalar haqda gaplaşiladi?

Savollar albatta qaysi maktab va lavozimga harakat qilayotganingizga qarab har xil böladi, lekin quyidagi mavzular köproq muhokama qilinadi:

  • Sizning malakangiz

    Özingiz haqingizda, ixtisosingiz, öquvçilaringiz va e’tiborga loyiq yutuqlaringiz haqida sözlab bering.

  • Öqitiş uslublaringiz

    Darsni qanday rejalaştirişingiz, öquvçilarni qanday qiziqtira olişingiz, mavzuni özlaştirganini qanday tekşirişingiz haqida sözlang.

  • Barça öquvçilar bilan işlay olişingiz

    Qabul qiliş qobiliyati har xil bölgan öquvçilar bilan qanday işlaysiz? Differentiation yondaşuvingiz haqida gapiring.

  • Sinfdagi muhit va tartib

    Tartib qoidalarini qanday belgilaysiz? Qiyin vaziyatlarda nima qilasiz? Öquvçilar bilan munosabatni qanday yölga qöyasiz?

  • Safeguarding

    Xalqaro maktablarda bolalar xavfsizligi va ularning salomatligi haqidagi fikrlaringiz alohida örganiladi.

  • Hamkasblar va ota-onalar bilan işlaş

    Jamoa bilan işlay olişingiz, işda böladigan kelişmovçiliklarni bartaraf etiş usullaringiz va ota-onalar bilan munosabatingiz haqida misollar bilan gapirib bering.

Maktabni örganing

Nega aynan şu maktabni tanladingiz, deb sörasa nima deysiz?

Tayyorgarlik körişdagi eng muhim bosqiçlardan biri — işlamoqçi bölgan maktabingizni intervyudan oldin örganib çiqişdir. Maktab saytidan undagi qadriyatlar, öqitiş programmasi, tögaraklar, öquvçilar yoşi va sönggi yangiliklari bilan tanişib çiqing.

Javob namunasi
«Men xalqaro maktabda işlab, çet elda yaşamoqçiman.»

Bunday javob bilan siz öz xohiş-istaklaringizni bildiryapsiz. Ammo iş beruvçi uçun nega aynan bu maktabni tanlaganingiz va uning rivojiga qanday hissa qöşa olişingiz muhimroq.

Qanday javob bergan ma’qul?

Misollar bilan gapiring

Umumiy javoblar işlatmaslikka harakat qiling.

«Jamoada yaxşi işlayman»yoki«Har bir öquvçiga individual yondaşaman»deyişdan köra

aniq vaziyatlar haqida misol keltirsangiz sözlaringiz işonçliroq jaranglaydi. Masalan:

  1. Oldingizda qanday vazifa bor edi?
  2. Siz nima qildingiz?
  3. Natija qanday böldi?

Şunda intervyu olayotgan odam javobingizni özingizga bergan ta’rif sifatida emas, balki qilgan işingiz haqida ma’lumot deb qabul qiladi.

Kutilmagan savollar

Har xil savollarga tayyor böling

Tajriba va metodika haqidagi savollardan taşqari, maktablar sizning kollektivga qançalik töğri kelişingiz, şaroitlarga moslaşişingiz va motivatsiyangiz haqida ham savollar beradi. Bu xil kutilmagan savollarga siz imkon qadar oldindan tayyorlanganingiz yaxşi. Masalan, suhbat paytida ular sizdan quyidagilarni söraşi mumkin:

  • Nega xorijda işlamoqçisiz?
  • Nega hozirgi maktabingizdan ketişga qaror qildingiz?
  • Yaxşi dars deganda nimani tuşunasiz?
  • Öquvçilar bilan yuz bergan murakkab vaziyatlar va ularni qanday hal qilganingiz haqida aytib bering.
  • Ota-onalar bilan qanday işlaysiz?
  • Qanday texnologiyalardan foydalanasiz?
  • Darsdan taşqari maktabimiz kollektiviga nima foydangiz tegişi mumkin?
  • Öquvçilar xavfsizligiga oid muammolar yuzaga kelsa, nima qilasiz?

Demo Lesson

Ba’zi maktablar nomzoddan qisqa körgazma darsi ötib berişni yoki rejasini taqdim etişni söraşi mumkin.

Bunda faqat öz faningizni bilişingiz emas, balki şu bilan birga darsni qanday rejalaştirişingiz, öquvçilar bilan muloqotingiz, körsatmalar, sur’at, baholaş, differensial yondaşuv va vaziyatga moslaşişingiz ham baholanadi.

Intervyudan oldin

  1. Maktab va vakansiyani örganing.
  2. CV ingizni qayta öqing — uning istalgan qismi haqida sörab qolişlari mumkin.
  3. Amaliyotingizdan bir neçta kuçli misol tayyorlang.
  4. Suhbat onlayn bölsa, mikrofon va kameraning sozligini tekşiring.
  5. Internetingiz uzilib qolmasin.
  6. «Töğri» javobni topişga urinmang — amaliyotingizga suyangan holda gapiring.

Yodingizda bölsin

Suhbat faqat maktab sizni baholaydigan imtihon emas.

Suhbat mobaynida siz ham maktab rahbariyati haqida, öquvçilar, iş şartlari va kasbiy madaniyat borasida savollar berişingiz mumkin. Bermoqçi bölgan savollaringizni oldindan öylab qöying.

Siz ham maktab tanlaysiz.